Ta'ziya
9 avgust kuni 95 yoshda “Gidroproekt” AJning keksa xodimi, institut atrof-muhitni muhofaza qilish xizmatining doimiy rahbari, Istiqbolli loyihalar bo‘limining sobiq rahbari Mark Yefimovich Beylinson vafot etdi.
Beylinson Mark Yefimovich 1929 yil 30 mayda tug‘ilgan. 1969 yilda “Sredazgidroproekt” (hozirgi "Gidroproekt" AJ) da loyihaning irrigasiya qismi bosh muhandisi lavozimida ish boshlagan. Shuningdek, Suv energetikasi va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo‘limi bosh mutaxassisi, bosh ekologi va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Mark Beylinson "1941-45 yillarda Ulug‘ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun" (1946), "Fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 30 yilligi", "Mehnat fronti ishtirokchisi", "1941-45 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi galabaning 40 yilligi" medallari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan, unga “O‘zbekiston Respublikasi energetikasi faxriysi” unvoni berilgan.
U har doim o‘ta bilimdonligi, nozik hazillari, gimnastikachidek atletik yengilligi va hayotga muhabbati bilan ajralib turardi.
“Gidroproekt” AJ jamoasi Mark Yefimovich Beylinsonning bevaqt vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘uda.
Ana shunday og‘ir yo‘qotish munosabati bilan oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Mark Yefimovichning yorqin xotirasi uni tanigan va bilganlarning qalbida saqlanib qoladi.
Yodda saqlaymiz, chuqur qayg‘udamiz va hamdardlik bildiramiz.