Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Valentina Vadimovna Mityuleva “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
30-iyulda O‘zbekistonda Xalqlar do‘stligi kuni nishonlanadi. Sana munosabati bilan millatlararo totuvlik va do‘stlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan 30 nafar kishi orden va medallar bilan taqdirlandi. Mukofotlanganlar orasida “Gidroproekt” AJ xodimi – Valentina Vadimovna Mityuleva ham bor.
Mamlakatimizda millatlararo totuvlik va do‘stlikni, turli millat va elatlar vakillari o‘rtasida bag‘rikenglik, mehr-oqibat va o‘zaro hamjihatlik muhitini qaror toptirish, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarni asrab-avaylash va rivojlantirish, xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli ikki tomonlama munosabatlar va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish, Yangi O‘zbekistonning tinchliksevar va insonparvar siyosatini xalqaro maydonda keng targ‘ib etishdagi ulkan xizmatlari, shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati hamda jamiyat hayotidagi faol ishtiroki uchun "Gidroproekt" aksiyadorlik jamiyati gidrotexnika bo'limi boshlig‘i Valentina Vadimovna Mityuleva “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin.