×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni

14.01.2022

Bugun, 14-yanvar kuni respublikamizda bir vaqtning o‘zida ikkita bayram – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi nishonlanmoqda. Dunyoda kasblar ko'p, lekin Vatan himoyachisi eng sharafli kasblardan biridir. O‘z ona yurtingni, yurt mustaqilligini qo‘riqlash - sharafdir, chunki bu o‘z oilangni, uyingni himoya qilayotganingni anglatadi. Shuning uchun, Vatan himoyachilari kuni barcha O‘zbekistonliklarning umummilliy bayramidir. Biz harbiy xizmatni sharaf bilan o‘tayotgan, yurt tinchligi va osoyishtaligi uchun ulkan mas’uliyatni zimmasiga olgan harbiylarimiz bilan faxrlanamiz!

“Gidroproyekt” aksiyadorlik jamiyati barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaydi!

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!