×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

“GIDROPROEKT” AJ Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

08.06.2026

“GIDROPROEKT” AJda Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda jamiyatning 2025-yil yakunlari hamda 2026-yilning I choragi bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari, biznes-reja ijrosi va korporativ boshqaruv masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida jamiyatning 2025-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti hamda 2026-yil I choragi natijalari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, moliyaviy hisobotlar, buxgalteriya balansi va foyda hamda zararlar to‘g‘risidagi hisobotlar ko‘rib chiqildi.

Kuzatuv kengashi a’zolari “OSIYO AUDIT” MChJ tomonidan o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bilan tanishdilar. Audit yakunlariga ko‘ra jamiyat faoliyatiga ijobiy xulosa berildi. Ichki audit xizmati tomonidan taqdim etilgan hisobotlarda esa qonunchilik talablarining buzilishi holatlari aniqlanmagani qayd etildi.

Yig‘ilishda 2025-yilda olingan sof foydani taqsimlash, dividendlar to‘lash bo‘yicha tavsiyalar, 2026-yil uchun ichki audit ish rejasi va xarajatlar smetasi hamda davlat xaridlari reja-jadvali ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

Shuningdek, “RBS IMAN TEAM” MChJ tomonidan o‘tkazilgan baholash natijalariga ko‘ra, jamiyatning korporativ boshqaruv tizimi 652 ball bilan “yuqori” darajada deb topilgani ma’lum qilindi.

Yig‘ilish yakunida aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishini chaqirish, uning kun tartibini shakllantirish hamda tashkiliy masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!