×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

«Gidroproekt» AJda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi

02.06.2026

1-iyun kuni «Gidroproekt» AJ hovlisida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyat xodimlari farzandlari va nabiralari bilan birgalikda ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida bolajonlar uchun qiziqarli va ko‘ngilochar dastur tashkil etildi. Animatorlar ishtirokidagi shoular, musiqiy va raqs chiqishlari, turli tanlovlar hamda batut bolalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari uchun bayramona dasturxon yozilib, muzqaymoq va turli yeguliklar tortiq etildi.

Mazkur tadbir bolalarga unutilmas taassurotlar ulashish, shuningdek, jamoada oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va samimiy muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

«Gidroproekt» AJ barcha ishtirokchilar va tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildiradi hamda barcha bolajonlarga baxtli bolalik, mustahkam sog‘liq va porloq kelajak tilaydi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!