×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

«Gidroproyekt» AJ jamoasi sizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi

09.05.2026

Hurmatli vatandoshlar!

«Gidroproyekt» AJ jamoasi sizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Ushbu ayyom xalqimizning qahramona o‘tmishini yodga olishga, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz jasoratini e’zozlashga chorlaydi. Biz tinchlik va yorug‘ kelajak uchun kurashgan fidoyi insonlarning xotirasi oldida bosh egamiz. Ularning mardligi va qat’iyati avlodlarimiz uchun hamisha yuksak namuna bo‘lib xizmat qiladi.

Qahramonlarimizning xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi, ularning jasorati esa bizni jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida yangi marralarga ruhlantiradi!

«Gidroproyekt» AJ jamoasi

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!