Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi nizomlar va ularga kiritilgan o‘zgarishlar muhokama qilindi
12-fevral kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid qator nizomlar mazmun-mohiyati hamda ularga kiritilgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbir Boshqaruv raisining 2026-yil 1-fevraldagi 11-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Seminar davomida quyidagi nizomlar muhokama qilindi:
— tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini va mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi;
— mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish, bilimlarni tekshirish, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
— mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish;
— mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil faoliyati.
Tadbirda soha mutaxassislari bilan bir qatorda AJ “Gidroproyekt” vakillari ham onlayn formatda ishtirok etib, yangi talablarning amaliy jihatlari yuzasidan fikr va takliflar bildirdilar. Seminar davomida mehnat xavfsizligini ta’minlash, normativ hujjatlarni amaliyotga joriy etish hamda tashkilotlarda tizimli yondashuvni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.