×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Toshkent viloyatida 500 kV quvvatli birinchi raqamli podstansiya qurilmoqda

09.02.2026

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida quvvati 500 kilovolt bo‘lgan yangi “Koltsevaya” podstansiyasi qurilishi boshlandi. U mamlakatda boshqaruv va monitoring jarayonlari to‘liq raqamli texnologiyalar asosida amalga oshiriladigan ilk podstansiya bo‘ladi. Bu esa elektr tarmoqlari ishonchliligini oshirib, energiya yo‘qotishlarini kamaytiradi.

Loyiha Jahon bankining 380 million dollar miqdoridagi moliyaviy ko‘magida “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda. U “Elektr energetika sohasini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish” dasturi doirasiga kiradi. Dastur barqaror elektr ta’minotini ta’minlash va “yashil” energetikaga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, energotizimning muhim uzellarini modernizatsiya qilish, yangi elektr uzatish liniyalarini qurish hamda 22 ta podstansiyani yangilashni nazarda tutadi.

Qayd etilishicha, mamlakatda elektr energiyasiga bo‘lgan yillik ehtiyoj 5–6 foizga oshib bormoqda, 2050-yilga borib esa talab uch barobarga yetishi mumkin. 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Biroq mavjud elektr tarmoqlari, ayniqsa QTMdan keladigan katta hajmdagi energiyani qabul qilishga hali to‘liq moslashmagan, bu esa yo‘qotishlar va uzilishlarga sabab bo‘lmoqda.

Halqasimon” (“Koltsevaya”) podstansiyasi dasturdagi muhim infratuzilma loyihalaridan biri bo‘ladi. Uning doirasida 220 va 500 kilovoltli yangi havo elektr uzatish liniyalari qurilib, energiyani uzoq masofalarga samarali yetkazish imkoniyati yaratiladi. Podstansiya Sirdaryo viloyatidagi elektr stansiyalari hamda janubi-g‘arbiy hududlardagi shamol elektr stansiyalaridan keladigan energiyani qabul qilib, Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida yashovchi qariyb 6 million aholini yanada barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!