“Gidroproekt” AJ aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etdi
“Gidroproekt” AJ 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminarida ishtirok etdi.
Seminar 13-yanvar kuni “O‘zbekgidroenergo” AJda bo‘lib o‘tdi hamda ijro apparati va tizim tashkilotlari vakillarini birlashtirdi. “Gidroproyekt” AJ xodimlari tadbirda onlayn formatda qatnashdi.
Tadbir davomida Milliy statistika qo‘mitasi mutaxassislari ro‘yxatga olishning maqsadi, bosqichlari va ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha yangi yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Aholi va qishloq xo‘jaligini uyg‘un holda hisobga olish orqali vaqt va xarajatlarni kamaytirish, statistik ma’lumotlar aniqligini oshirish mumkinligi ta’kidlandi.
Ro‘yxatga olish jarayoni soddalashtirilgani, savollar soni 71 taga qisqartirilgani va fuqarolarga census.stat.uz portali orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilishi alohida qayd etildi. Ushbu ma’lumotlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
“Gidroproekt” AJning mazkur seminardagi ishtiroki kompaniyaning davlat miqyosidagi muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga hamda ishonchli statistik ma’lumotlar asosida barqaror rivojlanishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga bo‘lgan mas’uliyatli yondashuvini namoyon etadi.