Gidroproyekt» AJ jamoasining sport maydonlaridagi g‘alabalari
«Gidroproyekt» AJ xodimlari O‘zbekiston Kurash federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan milliy kurash bo‘yicha "O‘zbek polvoni" turnirining birinchi bosqichida aksiyadorlik jamiyatining sha’nini munosib himoya qildilar.
Aslamov Abdulaziz o‘z vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Uning yuqori mahorati va qat’iyati unga ushbu yutuqni taqdim etdi.
Ahmedov Muxriddin esa bellashuvlarda faol ishtirok etib, haqiqiy kurashchi sifatidagi irodasini namoyon qildi hamda bebaho musobaqa tajribasiga ega bo‘ldi.
Sportchilarimizni munosib natijalari bilan samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusida yanada katta g‘alabalar tilaymiz!