×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha yig‘ilish

24.10.2025

Sunʼiy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida ularni keng miqyosda joriy etish barcha sohalarda taraqqiyotning asosiy omiliga aylanmoqda. Hozirgi bosqichni haqli ravishda SI hukmronligi va rivojlanishi davri deb atash mumkin.

Ushbu yo‘nalishning ahamiyati yuqori darajada taʼkidlandi. Xususan, joriy yilning 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga SI texnologiyalarini jadal tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kun tartibini davom ettirgan holda, bugun, 23-oktyabr kuni «Situatsiyalar markazi»da “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJ faoliyatiga ilg‘or sunʼiy intellekt texnologiyalarini tizimli ravishda joriy etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rib chiqildi. Asosiy eʼtibor quyidagi jihatlarga qaratildi: faoliyatning asosiy yo‘nalishlaridagi mavjud texnologik jarayonlarni takomillashtirish; elektr energiya ishlab chiqarish va suv omborlarini boshqarishda qo‘llanilayotgan raqamlashtirish dasturlarini optimallashtirish; malakali mutaxassislarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish, shuningdek, ekspertlar hamjamiyatining amaliy tavsiyalarini muhokama qilish hamda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor qadamlarni aniqlash.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!