Kiberxavfsizlikning roli doimiy ravishda oshib bormoqda
Keyingi yillarda mamlakatimiz rahbariyatining izchil va mutanosib siyosati tufayli O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatga faol integratsiyani amalga oshirmoqda. Nisbatan qisqa muddatda davlatimiz ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Davlat, bank va boshqa xizmatlarni onlayn ko‘rsatish tizimi izchil takomillashtirilib, modernizatsiya qilinmoqda, bu esa aholiga ushbu xizmatlardan foydalanishni imkon qadar osonlashtiradi va korruptsion tarkibiy qismga barham beradi.
Internet va mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Afsuski, bunga parallel ravishda “xakerlik hujumlari”, “Internet-firibgarlik”, “kiber jinoyat” va “kiberxavfsizlik” kabi atamalar kundalik hayotda tobora ko'proq tilga olinmoqda. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish sohasining iqtisodiyot uchun ahamiyati va yuqori texnologik samaradorligini inobatga olgan holda, keyingi yillarda xorijiy mamlakatlarda energetika infratuzilmasi obyektlariga xakerlik hujumlari tez-tez uchramoqda. Shu sababli, kiberxavfsizlikni ta'minlashning dolzarbligi tobora ortib bormoqda, bu davlat xavfsizligini ta'minlashning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblahadi.
Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjatda davlatning kiberxavfsizligini ta?minlashda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini kibermakondagi tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish ustuvor vazifa ekanligi belgilab qo?yilgan. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Prezident kiberxavfsizlik sohasida yagona davlat siyosatini belgilaydi, Davlat xavfsizlik xizmati esa bu boradagi vakolatli davlat organi etib tayinlandi.
Davlat organlarining axborot resurslari va tizimlari, shuningdek muhim axborot infratuzilmasi ob’ektlarining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi. “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi tashkilotlarda kiberxavfsizlikni talab darajasida ta’minlashning ushbu jihatlariga 2022-yil 12-may kuni VKA (video-konferens-aloqa) formatida o‘tkazilgan seminar bag‘ishlandi. Tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJ “AKTni raqamlashtirish va joriy etish” boshqarmasi boshlig‘i Qobil Ikromov spiker sifatida ishtirok etdi.