Korxona ustozlarining soha rivojiga qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlandi
“Gidroproyekt” aksiyadorlik jamiyatida O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali yig‘ilish tashkil etildi.
Tadbirda korxona rahbariyati va xodimlari ishtirok etib, tajribali mutaxassislar va ustozlarga yoshlarga ko‘rsatib kelayotgan g‘amxo‘rligi, bilim va tajribani fidokorona ulashib kelayotgani uchun minnatdorlik bildirildi.
Ta’kidlandiki, aynan ustozlarning sa’y-harakatlari tufayli avlodlar davomiyligi ta’minlanmoqda, korxonaning qadriyatlari mustahkamlanmoqda va gidroenergetika sohasi uchun malakali kadrlar yetishib chiqmoqda.
Tadbir yakunida ustozlarga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va kasbiy faoliyatida yangi yutuqlar tilandi