×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

O‘zbekiston va Tojikiston energetika sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

22.09.2025

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida birodarlik va strategik hamkorlik aloqalari barqaror rivojlanmoqda.

Ikkala mamlakat uchun ham ustuvor yo‘nalishlardan biri — energetika hisoblanadi.

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jurabek Mirzamahmudov hamda Tojikiston Respublikasi energetika va suv resurslari vaziri Daler Jumo uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, kuz-qish mavsumida ikki davlat energiya tizimlarini muvofiqlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tomonlar ikki xalq manfaatlari yo‘lida birodarlik va strategik aloqalarni mustahkamlash zarurligini ta’kidladilar.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!