O‘zbekiston elektr energiyasining 20 foizdan ortig‘ini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqargan
2025-yil 23-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda quyosh va shamol stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 8 milliard kVt/soatni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatdagi umumiy generatsiyaning 22 foizini tashkil etadi.
Bunday hajmdagi elektr energiyasi 7 milliondan ziyod xonadonning 9 oylik energiya iste’molini ta’minlashga yetadi.
Bugungi kunda Respublikada umumiy o‘rnatilgan quvvati qariyb 4,6 ming megavatt bo‘lgan 12 ta quyosh va 5 ta shamol elektr stansiyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
- 2,4 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalgan;
- atmosferaga 3,5 mln tonna zararli moddalar chiqishining oldi olindi.
Gidroelektr stansiyalari ishlab chiqarishni ham hisobga olsak, yil boshidan buyon mamlakatda "yashil" generatsiyaning umumiy hajmi 13,2 mlrd kVt/soatni tashkil etdi.
Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish "O‘zbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish doirasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Hukumat an’anaviy manbalarga yukni kamaytirish va mamlakatdagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini yanada oshirishni rejalashtirmoqda.