×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

O'zbekistonda energetika va suv xo'jaligi sohasida sun'iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi

17.09.2025

2025-yil 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Shoxrux Gulamov Birlashgan Arab Amirliklarining EsyaSoft Holding kompaniyasi bosh direktori Bipin Chandra bilan uchrashdi.

2014-yilda Dubayda tashkil etilgan EsyaSoft Holding elektr, suv va gaz tarmoqlarini raqamlashtirish hamda modernizatsiya qilishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda kompaniya 10 dan ortiq mamlakatlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, 5 mingdan ortiq xodimga ega. 2025-yildagi yillik daromadi qariyb 15 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Muzokaralar davomida tomonlar sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan energetika va suv ta’minoti sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Ushbu tashabbuslar O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish hamda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida samaradorlikni oshirishga qaratilgan innovatsion yechimlarni joriy etishda muhim qadam bo‘ladi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!