ENERGETIKА VАZIRLIGI: NIMА UChUN “YaShIL” IQTISODIYoTGА MUQOBIL YO?Q?
Energetika vazirligi Matbuot xizmatiga “yashil” iqtisodiyot tushunchasi nimani anglatadi, degan savol qayta-qayta kelib tushmoqda. Qisqacha aytganda, bular atrof-muhit uchun minimal xavf bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat choralari hisoblanadi.
Bugungi kunda “yashil” iqtisodiyot va “yashil” energetika haqida ko?p gapirilmoqda. Nima uchun ushbu tushunchalar barcha mamlakatlar, jumladan, O?zbekiston va uning aholisining yanada farovon hayoti uchun bu qadar muhim? Keling, buni tushunishga harakat qilamiz.
Sayyoramiz va atmosferaning turli chiqindilar bilan ifloslanishi har bir inson uchun ma?lum bo?lgan tobora ko?proq muammolarni keltirib chiqarmoqda. Yaqinda ro?y bergan pandemiyaga misol, ob-havoning keskin o?zgarishi, shu jumladan havo harorati – bu barchaning ko?z o?ngida bo?lgan oddiy misollar. Shuningdek, mamlakatimizda barchamiz uchun ma?lum bo?lgan aholi punktlariga jiddiy ta?sir ko?rsatadigan sel oqimlari, 5-6 kun to?xtovsiz davom etayotgan yomg?irlar va shu kabi yana ko?plab misollarni keltirishimiz mumkin.
So?nggi o?n yil ichida tez-tez uchrab turadigan bu hodisalarni bitta ibora – “iqlim o?zgarishi” birlashtiradi. Sababi, yer va havoning inson harakatlari yoki antropogen omillar ta?sirida ifloslanish hajmining ortishidir. Shunday qilib, atmosferaning issiqxona gazlari chiqindilari bilan ifloslanishi, boshqa narsalar qatori, issiqlik elektr stantsiyalarining ishlashi natijasida yuzaga keladi. Bugun elektr energiyasidan foydalana olmaymizmi? Аlbatta yo?q. Elektr nafaqat uylarda yorug?lik, balki bu iqtisodiyotning rivojlanishi hamda aholining farovonligi uchun muhim bo?lgan omillardan biridir.
“Yashil” energetika va umuman “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish yo?li qanday? Bugun O?zbekiston quyosh va shamol energiyasiga asoslangan elektr stantsiyalarini qurish va ishga tushirish orqali “yashil” energetikani rivojlantirish yo?lida tarixiy qadamlar tashlamoqda. Xususan, olib borilgan ishlar natijasida 2021 yilning avgust oyida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega mamlakatdagi birinchi quyosh fotoelektr stantsiyasi (QFES) ishga tushirildi. Shu bilan birga Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega navbatdagi ikkinchi yirik QFES ishga tushirilmoqda.
Quyosh, shamol (ShES), gidroelektr stantsiyalari (GES) – bularning barchasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalari (QTEM) kontseptsiyasiga kiritilgan. Аgar bugungi kunda mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiyaning ulushi biz foydalanayotgan elektr energiyasining atigi 8 foizini tashkil etsa, 2030 yilga borib bu ko?rsatkichni 25 foizga yetkazish vazifasi qo?yilgan edi. Buning uchun esa QFES, ShES va GESlarni qurishni davom ettirish kerak bo?ladi.
Quyosh va shamol elektr stantsiyalari qurilishi jadalligini inobatga olib, 2021 yilning noyabrь oyida energetiklar oldiga yangi, yanada katta vazifa –2026 yilga qadar mamlakatimizda quyosh va shamol elektr stantsiyalarining umumiy quvvatini 8 000 MVtga yetkazish vazifasi qo?yildi va bugungi kunda ushbu ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Yashil energetika yaqin o?n yilliklarda butun elektr energetika sanoatini to?liq o?rnini bosa olmaydi, lekin sayyoramizni chiqindilardan tozalashdagi yutuq, umuman “yashil” iqtisodiyot sari ulkan qadam va xalq farovonligiga jiddiy tahdid solayotgan iqlim o?zgarishi jarayonlarini sekinlashtirish yo?li bo?lib hisoblanadi. “Yashil” iqtisodiyot maqsadlarini tushunish, unda sayyoramizni tiklash jarayonini boshqarishimiz va natijada har bir insonni yorqin kelajak sari yetaklashga xizmat qiladi. Ya?ni sayyora farovonligi – insoniyatning farovonligidir. “Yashil” iqtisodiyotga muqobil yo?q va endi unga boradigan yo?lni kechiktira olmaymiz!
O?zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati