×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Geotermal elektr stansiyasi

16.08.2025

Geotermal elektr stansiyalari – yer osti issiqligidan foydalanib elektr ishlab chiqaradigan inshootlardir. So‘nggi yillarda olimlar suyuqlikning “sverkritik holati”dan foydalanadigan yangi texnologiyani ishlab chiqmoqda.

Sverkritik holat – bu suv juda yuqori bosim va haroratda bo‘lib, na gaz, na suyuqlik hisoblanmaydi, balki ikkalasining xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, zichligi suyuqliknikidek, oqimliligi gaznikidek. Suv uchun bu holat 374°C va 22 MPa bosimdan yuqorida yuz beradi.

Texnologiya qanday ishlaydi:

– Yer ostiga 4–5 km chuqurlikkacha quduqlar burg‘ilanadi.

– Shu joyda suv sverkritik holatga o‘tadi va yuqori bosim ostida yuzaga chiqadi.

– Uning energiyasi oddiy bug‘nikiga qaraganda 5–10 baravar ko‘p bo‘ladi.

– Bu energiya yordamida turbinalar harakatga keltiriladi va elektr ishlab chiqariladi.

– Sovigan suv yana yer ostiga yuboriladi, shunday qilib yopiq tizim hosil bo‘ladi.

Afzalliklari:

– Bir quduqning o‘zi 50 MVtdan ortiq elektr ishlab chiqarishi mumkin.

– Ekologik toza – deyarli chiqindisiz.

– Kamroq quduq kerak bo‘ladi, lekin ishlab chiqarish ko‘p bo‘ladi.

Hozir Yaponiya, Indoneziya va Xitoyda bu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borilmoqda.

Muammolari ham bor: yuqori haroratga chidamli jihozlar kerak, burg‘ilash qimmat va chuqur geotermal tizimlar hali yetarli o‘rganilmagan.

Shunga qaramay, sverkritik suyuqlikdagi geotermal stansiyalar kelajak energetikasining muhim qismi bo‘lishi kutilmoqda – katta quvvat, ekologik tozalik va barqarorlikni ta’minlab beradi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!