×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Bosh vazir Quyi Chotqol GES qurilish obyektiga tashrif buyurdi

22.06.2025

21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov, Energetika vaziri J. Mirzamahmudov, Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayevlar “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginov hamrohligida loyihaviy 90 MVt quvvatga teng Quyi Chotqol GES qurilish obyektidagi qurilish-montaj ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv davomida Bosh vazir obyektdagi muhandis-energetiklar hamda quruvchilar bilan suhbatlashib, ular tomonidan olib borilayotgan amaliy ish jarayonlarini alohida e'tirof etdi hamda minnatdorchilik bildirdi.

Aytish joizki, ushbu GESning ishga tushirilishi Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo'shish bilan birga, mahalliy aholi xonadonlarining maishiy farovonligiga xizmat qiladi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!