×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Suv omboridan har bir uyga: suv ta’minoti istiqbollari

23.05.2025

Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihasi Surxondaryo viloyatida To‘polang suv omboridan Termizgacha magistral suv tarmog‘i qurilishi davom etmoqda. 382 km uzunlikdagi ushbu loyiha 2 millionga yaqin aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan.

22-may kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov Bandixon va Termiz tumanlaridagi suv uzatish obyektlari qurilishini ko‘zdan kechirdi. 2025-yilning 10-iyuniga qadar Bandixon tumanining 60 ming aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Loyiha viloyat infratuzilmasini modernizatsiya qilishga va ichimlik suvi muammosiga barqaror yechim berishga xizmat qiladi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!