Chinorkent"ga sayohat: "Gidroproyekt" AJ xodimlari uchun tabiat safari
2025-yil 3-may kuni “Gidropoekt” AJning 48 nafar xodimi uchun Bo‘stonliq tumanidagi “Chinorkent” dam olish zonasiga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar tabiat bag‘rida hordiq chiqarib, hamkasblar bilan muloqot qilishdi. Ochiq havoda tushlik ham uyushtirildi. Bunday tadbirlar jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi.