×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

“Gidroproekt” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari va manfaatdor shaxslar diqqatiga!

13.05.2025

 “Gidroproekt” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining 2025 yil 27 martdagi majlisida qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2025 yil 8 mayda Q0316-9-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorga koʻra:
-  egasining nomi yozilgan, hujjatsiz (naqdsiz) shakldagi, nominal qiymati 1 450 soʻm boʻlgan 125 615 dona oddiy aksiyalardan iborat;
- umumiy qiymati: 182 141 750 soʻm;
- joylashtirish usuli: yopiq obuna.
Shuningdek, Qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorning 11.5-bandiga asosan:
Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat aksiyadorlari reestrining ma'lumotlari asosida tuziladi.
Joylashtirilayotgan aksiyalarni olishga boʻlgan imtiyozli huquqdan foydalanish toʻgʻrisidagi bildirish ushbu aksiyalar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan e'tiboran 2 ish kuni ichida ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilinadi. Bildirish matnida joylashtirilayotgan aksiyalarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador olishga haqli boʻlgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bu huquqi amal qiladigan muddat va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar beriladi;
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati bildirish e'lon qilingan kundan e'tiboran 10 (oʻn) kunni tashkil etadi;
Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan eri), oʻzi oladigan aksiyalarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni jamiyatga taqdim etish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida jamiyatga taqdim etilishi kerak;
Jamiyat aksiyadorlari imtiyozli olishga xaqli boʻlgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
A/1 910 136 = B;
125 615*B = C;
Bunda:
1 910 136 –jamiyat ustav kapitalidagi oddiy aksiyalar soni;
125 615 –qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalar umumiy soni;
А –aksiyadorning jamiyat ustav kapitalidagi oddiy aksiyalari soni;
В –jamiyat ustav kapitalidagi jami oddiy aksiyalarga mutanosib ravishda oddiy aksiyalar soni;
C –imtiyozli huquq qoʻllanilganda aksiyador tomonidan sotib olinadigan aksiyalar soni.
Qoldiq xosil boʻlgan xollarda, qoldiq son 5 (besh) ga teng va undan ortiq boʻlsa koʻpaygan tomonga, 5 (besh) dan kam boʻlsa kamaygan tomonga butlanadi;
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar bu muddat oʻtguniga qadar jamiyatning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish toʻgʻrisida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan boʻlsa, tugaydi;
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaganidan keyin qolgan aksiyalar mazkur qarorda belgilangan tartibda joylashtiriladi;
Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Aksiyadorlar qoʻshimcha ma'lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 20-uy., tel.:+998 71 205-80-80, info@gidroproekt.uz.
 

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!