×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Andijonda 750 dan ortiq kichik GESlar ishga tushiriladi

17.04.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida viloyatda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy kompaniya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yig‘ilishda qayd etilganidek, joriy yilda Andijonda umumiy quvvati 24 megavatt bo‘lgan 763 ta, kelgusi yilda yana 20 megavattli kichik va mikro GESlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Xitoy kompaniyalaridan biri bunday GESlar uchun zarur uskunalarni viloyatning o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi. Qurilgan stansiyalarga yil davomida bepul xizmat ko‘rsatiladi. 
“Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd.” kompaniyasi direktori o‘rinbosari– Оu Yanhun janoblarining Andijon viloyatining gidroenergetika salohiyatini yuksaltirish borasidagi takliflari bilan tanishdi. Uchrashuvda ushbu va boshqa loyihalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!