2024 yilda EIda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ko‘rsatkichlari o‘sdi
2024-yilda Yevropa Ittifoqida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 47,4 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan, bu 2023-yildagiga nisbatan 2,6 foiz koʻproq. Bu haqda Yevrostat maʼlumot berdi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasi eng yuqori boʻlgan davlat Daniya boʻlib, u elektr energiyasining 88,8 foizini shamol energiyasi hisobiga ishlab chiqargan. Ikkinchi oʻrinda Portugaliya (87,4%), uning elektr taʼminoti asosan shamol va gidroenergiya orqali taʼminlangan. Xorvatiya esa 73,8 foiz bilan uchinchi oʻrinda boʻlib, elektr energiyasining asosiy qismini gidroenergiya yordamida olgan.
Malta (15,1%), Chexiya (17,5%) va Kipr (24,1%) davlatlari esa qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi eng past boʻlgan mamlakatlar boʻldi.