Fransiyaning Suez kompaniyasi O‘zbekistonning ikki viloyatida 340 mln dollarlik loyihalarni amalga oshiradi
Fransiyaning Suez kompaniyasi Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ichimlik suvi ta’minoti sohasida 340 mln yevrolik uchta loyihani amalga oshiradi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Surxondaryoning to‘rtta tumanidagi suv ta’minoti tizimini o‘z boshqaruviga oladi, bu esa suv yo‘qotishlarining oldini oladi.
Fransiyaning Suez kompaniyasi O‘zbekistonning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ichimlik suvi ta’minoti sohasida 340 mln yevrolik uchta loyihani amalga oshirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ishlarni boshlash bo‘yicha kelishuvga uning Fransiyaga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan. Loyihalar qiymati 340 mln yevroga baholanmoqda.
“Fransiyaning Suez kompaniyasi Denov, Sho‘rchi, Sariosiyo, Qumqo‘rg‘on tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti tizimini xususiy boshqaruvga oladi. Bu yiliga 2 mlrd kub metr suv yo‘qotilishining oldi olinadi, degani. [Surxondaryo] viloyatida markazlashgan suv ta’minoti ulushi 90 foizga yetkaziladi, qo‘shimcha 1 million aholi suv bilan ta’minlanadi”, — dedi u.
Qashqadaryodagi loyiha Suez kompaniyasiga Qarshidagi ichimlik suvi ta’minoti tizimini topshirishni nazarda tutadi, biroq dastlab bunday loyiha Toshkentda sinov tariqasida amalga oshiriladi.