Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro GES quriladi
Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro gidro elektr stansiyalar qurilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu loyiha uchun 6,7 ming gektardan ortiq yer maydoni davlat zaxirasidan Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratildi.
Gidro elektr stansiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9-sentabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 220-sonli farmoni talablari asosida amalga oshiriladi.
GESlarning umumiy quvvati 2 550 kVtni tashkil etadi. Bo'ka tumanida – 7ta, Chinoz tumanida – 6ta, Yangiyo‘l tumanida – 4ta GES barpo etiladi. Shuningdek, Ohangaron tumanida – 3ta, Zangiota tumanida – 2ta, Parkent va Oqqo‘rg‘on tumanlarida esa – 1tadan GES qurish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, kichik va mikroGESlar Chirchiq, Nurafshon va Angren shaharlarida ham barpo etiladi.