40 ta mini-GES Oʻzbekistonda ishga tushiriladi
Oʻzbekistonda kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish doirasida respublika hududiga Ijevskning «Dealan Energo» kompaniyasi (Udmurtiya) tomonidan ishlab chiqarilgan 40 ta mini-GES yetkazib beriladi.
Kelasi haftada mutaxassislar umumiy quvvati 230 kVt boʻlgan dastlabki 8 ta stansiyaning ishga tushirish va sozlash ishlarini oʻtkazadilar. Ushbu mini-GESlar elektr energiyasi bilan ta’minlanish darajasini oshirish va uzoq hududlarning barqaror rivojlanishiga hissa qoʻshadi.
Yetkazib berish ishlari Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hajmini kengaytirish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Kelajakda shunday obyektlar sonini koʻpaytirish va kichik gidroenergetika sohasiga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan.