Rossiya xalqaro energetika forumi 2025-yil 9-11-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi
2025-yil 9-11-aprel kunlari Sankt-Peterburgdagi «Ekspoforum» kongress-ko‘rgazma markazida Rossiya xalqaro energetika forumi (RXEF) bo‘lib o‘tadi. Ushbu yirik tarmoq tadbiri Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi va Sankt-Peterburg hukumati ko‘magida tashkil etiladi.
Forum doirasida «Energetika va elektrotexnika» ko‘rgazmasi o‘tkazilib, unda energetika sohasi uchun yangi texnologiyalar va innovatsion yechimlar namoyish etiladi. Asosiy yo‘nalishlar qatoriga jarayonlarni avtomatlashtirish, elektrotexnika uskunalari, raqamli hisob tizimlari hamda energiyani saqlash tizimlari kiradi.
RXEF-2025 dasturi yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masalalarni qamrab oladi. Markaziy tadbir «Kelajak energetikasi: barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va global chaqiriqlar» mavzusidagi yalpi majlis bo‘lib, u 9-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ishtirokchilarga Sankt-Peterburgdagi sanoat obyektlariga ekskursiyalar va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun biznes uchrashuvlar taklif etiladi.