“Gidroproekt” АJning aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi oʼtkazilishi boʼyicha Xabarnoma
“GIDROPROEKT” АJ kuzatuv kengashining 2025 yil 6 fevraldagi majlis qaroriga asosan 2025 yil 27 fevralь kuni soat 11:00 da Jamiyat aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
1. Jamiyat aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishini oʼtkazish reglamentini va sanoq komissiyasini shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.
3. Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolarini saylash.
4. Jamiyatning 2025 yil uchun biznes - rejasini tasdiqlash.
5. Jamiyatning eʼlon qilingan aktsiyalarning eng koʼp miqdorini belgilash.
6. Jamiyatning 2025 yil yakuni boʼyicha Milliy buxgaltiriya hisobi standartlari (MBHS) hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlarini tashqi auditorlik tekshiruvidan oʼtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatlariga toʼlanadigan eng koʼp haq miqdori belgilash hamda u bilan shartnoma tuzish.
7. Jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi va ichki nizomlarini tasdiqlash.
8. Jamiyatning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
Jamiyat aktsiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sana – navbatdagi umumiy yigʼilishini oʼtkazish toʼgʼrisida xabardor qilish uchun aktsiyadorlar reestri 2025 yil
6 fevralь holatiga va aktsiyadorlar umumiy yigʼilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aktsiyadorlarining reestri 2025 yil 27 fevralь holatiga shakllantiriladi.
Аktsiyadorlar oʼzlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat–pasport, aktsiyadorlarning vakillari Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligada belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan (yuridik shaxslar uchun - mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Yigʼilish Tashkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʼchasi 20 uyda joylashgan Jamiyatning maʼmuriy binosining majlislar zalida oʼtkaziladi.
Yigʼilish qatnashchilarini roʼyxatga olish soat 10.00 da boshlanadi.