Hurmatli hamkasblar!
«Gidropoekt» AJ xodimlari nomidan, AО «Sredazenergosetproekt» Boshqaruv Raisi Kulbatskiy Dmitriy Ivanovichning vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya bildiradi. Bu nafaqat «Sredazenergosetproekt» AJ jamoasi, balki O‘zbekiston energetikasi uchun ham katta yo‘qotishdir.
Ajoyib energetik va rahbar Dmitriy Ivanovich Kulbatskiy hayotdan ko‘z yumdi. Hayotiy va kasbiy tajribaga boy, ishiga masʼuliyatli yondashuvchi, mehnatsevar, bardoshli va hayotni sevuchi inson edi. U hamkasblari orasida katta obro'ga ega edi. U oltmish yildan ortiq vaqt davomida energetika sohasini samarali rivojlantirish masalalari bilan faol shug'ullanib, loyihalash sohasida ishlagan. U O'zbekiston energetika tizimining strategik muhim obyektlarini loyihalashda faol ishtirok etdi, yangi rele himoyasi va avtomatikani ishlab chiqishda ishtirok etib, mamlakat energetikasini rivojlantirishga bebaho hissa qo'shdi.
Kulbatskiy Dmitriy Ivanovich 1940 yil 15 iyun kuni O'zbekistonda tug'ilgan. 1962 yilda Toshkent politexnika institutini bitirgan va muhandis-elektrik mutaxassisligini olgan. O'sha yildan boshlab o'z mehnat faoliyatini "Energosetproekt" institutining O'rta Osiyo bo'limida boshladi, u yerda muhandisdan aksiyadorlik jamiyati Bosh direktorigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi.
Dmitriy Ivanovichning professional, atrofdigilarning samimiy hurmatini qozongan odam sifatida yorqin xotirasi uni ishda va hayotda bilish sharafiga ega bo'lganlarning qalbida abadiy qoladi. Qayg‘u bildirgan holda, uning yaqinlariga va hamkasblariga chuqur ta'ziya va sabr tilaymiz.
«Gidropoekt» AJ Direktori
Paratov Ravshan Anvarovich