×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi “Quyi Chotqol GES”ga tashrif buyurdi

04.09.2024

3-sentabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida barpo etilayotgan “Quyi Chotqol GES” qurilish loyihasi obyektiga tashrif buyurdi.

Gidrotexnik inshootning o‘rnatilgan quvvati 90 MVt bo‘lib, yillik o‘rtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 300 mln. kVt.soatga teng. Quyi Chotqol GES loyihasida har birining quvvati 22,5 MVt bo‘lgan 4 ta gidroagregat o‘rnatiladi. GES ishga tushirilsa, o‘rtacha 125 ming xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

Qurilish obyektdagi qurilish-montaj ishlari bilan yaqindan tanishuv mobaynida Boshqaruv raisi A. Sanginov tomonidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida Quyi Chotqol GES asosiy inshootlarida olib borilayotgan qurilish-montaj jarayonlari, maxsus beton zavodining qurilish-montaj ishlari, qurilish laboratoriyasida tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maʼmuriy-xo‘jalik binosidagi jihozlash ishlarini yakunlash, shu bilan birga, Pskem GES qurilishi loyihasi, Pskem daryosi yuqori qismidagi istiqbolli loyihalar maydonlariga olib boruvchi yo‘l qurilishi doirasidagi vazifalar, Yuqori Pskem GTES hamda Xo‘jakent GTES loyihalari doirasidagi geologik-qidiruv ishlari, Ugam GESlar kaskadi loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqildi hamda tahlil etildi.

Yig‘ilishda barcha masʼullarga zaruriy ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!