×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha hisobot 2024

03.07.2024

UNIDO “Chorlovlarni barqaror yechimlarga aylantirish: sanoat siyosatining yangi davri” sarlavhasi ostida “Sanoatni rivojlantirish to‘g‘risidagi 2024 yil hisoboti (IDR)” nomli yangi maqola tayyorladi. Yangi nashr zamonaviy sanoat siyosatining o'zgaruvchan salohiyatini yaqqol namoyish etadi, resurslar tanqisligi va iqlim o'zgarishidan tortib, ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikning kengayishi va dunyo aholisining o'sishigacha bo'lgan dolzarb global muammolarga yangi yechimlarni taklif etadi.

Ishlab chiqarishdagi har bir ish joyi iqtisodiyotning boshqa sohalarida ikkitadan ortiq ish o‘rinlarini yaratishi mumkinligi haqida hisobotda keltirilgan. Bu sanoatning muhim rolini, ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sishning harakatlantiruvchi kuchini, shuningdek, qashshoqlik va ochlikka qarshi kurashda asosiy element ekanligini ta’kidlaydi. Shuningdek IDR24, sanoat kompaniyalari dunyodagi barcha yashil patentlarning taxminan 60 foiziga egalik qilishini xabar qilmoqda, va bu ularning barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun innovatsiyalardagi hal qiluvchi o‘rnini ta'kidlaydi.

UNIDO bosh direktori Gerd Myuller shunday deydi: “bizda o‘sib borayotgan global muammolarga samarali javob berish uchun texnologiya va bilim bor. Global Janub mamlakatlari rivojlanish istiqboliga muhtoj – va bunda zamonaviy barqaror sanoat asosiy rol o‘ynaydi. Dastlabki shartlar shuki –  hamma uchun barqaror energiyadan foydalanish imkonini yaratish, chunki energiya har qanday rivojlanishning asosidir. Bundan tashqari, rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘sib borayotgan aholisi munosib ish joylariga muhtoj bo'ladi– sanoat esa ularni ta’minlay oladi.”

Barqaror sanoatlashtirish va iqtisodiy o‘sish sohasidagi taraqqiyotni har tomonlama baholashning yangi tizimiga asoslanib, hisobotda sanoat bilan bog‘liq BRMning rivojlanishi, ayniqsa innovatsiyalar, toza energiya va ish o‘rinlari yaratish sohasida juda sekin bo‘lgan degan xulosaga kelingan. IDR24 rivojlanayotgan mamlakatlar uchun taraqqiyotni tezlashtirish, shu jumladan qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish imkoniyatlarini belgilab beradi.

IDR24 UNIDO tomonidan olib borilgan keng qamrovli hamkorlikdagi tadqiqot natijasidir. Barcha hududlarda manfaatdor tomonlarni jalb qilish orqali hisobot keng ko‘lamli nuqtai nazar va ma’lumotlarni birlashtiradi va uning tavsiyalari global va mahalliy darajada dolzarbligini ta’minlaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot va to‘liq hisobotga kirish uchun veb-saytga tashrif buyuring www.unido.org/idr2024 .

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!