“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Pskem GES obyektidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi
25-iyun kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida barpo etilayotgan Pskem GES qurilish obyektidagi qurilish-montaj ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tadbirda “Gidroproyekt” AJ, “4-son Qurilish direksiyasi” MChJ, “Gidrotexmonitoring” MChJ, “O‘zGASHKLITI” DUK, “SAESP” AJ hamda tizim korxonalari rahbariyati va masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda mutaxassislar ishtirokida Pskem GES qurilishining tasdiqlangan reja va muddatlarga muvofiq olib borilishi ko‘rib chiqildi, ish hajmini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, asosiy eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalarning oqilona yechimlariga to‘xtab o‘tildi.
Shuningdek, GESda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi soha mutaxassislari ishtirokida tahlil etildi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, rejaga asosan ishni tashkil qilish borasida masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.