×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Suv omborlari to'g'onlarining seysmik mustahkamligini kosmik monitoring qilish

09.02.2024

O'zbekiston hududi murakkab geologik tuzilishi va yer qobig'ining yuqori tektonik va seysmik faolligi bilan ajralib turadigan Markaziy-Osiyo mintaqasiga tegishli. Mutaxassislarning fikricha, respublika hududining qariyb 55 foizi 5 balldan (M>5) katta zilzilalarga duch kelishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasida o'nlab yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan ko'plab to'g'on va dambalar barpo etildi. 30-40 yildan ortiq foydalanish davrida yirik gidrotexnik inshootlar loyqalanish va qarish jarayonlariga duchor bo'ladi, bu ularning ishonchliligi va ish sifatiga sezilarli ta'sir qiladi. Bundan tashqari, damba va to'g'onlarga ko‘pincha sel, qor ko'chkilari va o'pirilishlar, seysmik tebranishlar va boshqa tabiiy omillar ta'sir qiladi. Dambalar va to'g'onlarda sodir bo'lgan baxtsiz hodisalardan yetkazilgan zarar tabiiy ofatlar oqibatlari bilan taqqoslanadigan darajada katta bo'lishi mumkin. Dambalar va to'g'onlar uzoq muddat foydalanishga moʻljallanganligi sababli, ularni zamonaviy monitoring tizimlari bilan jihozlash ushbu ob'ektlarning xizmat qilish muddatini oshirish va ularning to'liq uzluksiz ishlashini ta'minlash imkonini beradi.

Iqlim o'zgarishi bilan bog'liq ofatlarning oldini olish maqsadida O'zbekistonda 2024-yil aprel oyidan boshlab to'g'onlarning seysmik faolligini kosmik kuzatish tizimi ishga tushiriladi.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida 2024 yil aprel oyidan boshlab O'zbekistonda to'g'onlarning seysmikligini doimiy ravishda kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ushbu ishlar doirasida suv omborlari to‘g‘onlari va ularga tutash hududlarning deformatsiyalari, siljishi va cho‘kish dinamikasini aniqlash maqsadida doimiy monitoring olib boriladi. Bu boradagi ishlar "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" ga bag'ishlangan Davlat dasturida hamda "O'zbekiston-2030"strategiyasini amalga oshirishda ko'zda tutilgan.

Radiolokatsion kosmik monitoringi  tizimidan foydalangan holda, kuchli zilzilalar paytida suv omborlari to'g'onlarining deformatsiyalari, siljishi va cho'kish dinamikasi aniqlanadi. Olimlar turli intensivlikdagi zilzilalar yoki boshqa jarayonlar natijasida to'g'onlar va uning atrofidagi o'zgarishlar haqida ma'lumotlar to’plab borishadi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!