×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Gidroenergetikani rivojlantirish sohasidagi O`zbekiston-Xitoy hamkorligi izchil mustahkamlanmoqda

26.01.2024

Gidroenergetika sohasini rivojlantirish manfaatlarida ko`p maqsadli hamkorlikni mustahkamlash maqsadida «O`zbekgidroenergo» AJ delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif amalga oshirildi. Ishbilarmonlik safari doirasida vakillik delegatsiyasi xorijiy hamkor tashkilotlar bilan mamlakat gidroenergetika tarmogёini yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni kelishish maqsadida qator uchrashuvlar o`tkazdi.

Delegatsiya vakillari Xitoyning qator hamkor moliya institutlari va yirik energetika kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o`tkazdi.

Xususan, «China National Technical Import and Export Corporation» (CNTIC), nufuzli «Sinosure» sug`urta kompaniyasi, CITIC Bank va Eksimbank, CITIC Bank va Eksimbank, shuningdek, «Power China» energetika kompaniyasi va «Huadong Engineering» korporatsiyasi rahbariyatlari bilan samarali uchrashuvlar bo`lib o`tdi.

Tadbirlar doirasidagi muzokaralar davomida o`zaro hamkorlik doirasida istiqbolli loyihalar ustida ishlash, hamkorlikning asosiy yo`nalishlarini belgilash, zarur uskunalar va asboblar yetkazib berish, loyihalarning texnik-iqtisodiy bazasini rivojlantirish, o`zaro tajriba almashish bo`yicha ishlari muhokama qilindi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!