Yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
25-dekabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginov ishtirokida yil yakunlariga bag‘ishlangan videoselektor shaklidagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda barcha tizim korxona va tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Jamiyat Boshqaruvi raisi A. Sanginov tomonidan mamlakatimiz energetika sohasida gidroenergetikaning tutgan muhim o‘rni va roli, “O‘zbekgidroenergo” AJ va uning tizim korxonalari tomonidan joriy 2023-yil davomida olib borilgan ishlar, elektr energiya samaradorligi, erishilgan yutuq va natijalar, xalqaro reyting ko‘rsatkichlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sohani yanada rivojlantirish borasidagi topshiriqlari, shu bilan birga, kelgusi 2024-yilda gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirishning dolzarb vazifalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda gidroenergetika sohasiga qaratilayotgan ulkan eʼtibor natijasida investitsiyaviy loyihalar asosida keng ko‘lamli islohotlar, qurilish va modernizatsiya ishlari belgilangan reja asosida, tizimli va izchil ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Investitsiyaviy loyihalar asosida qurilayotgan, ekspluatatsiyaga topshirilayotgan GESlar (jumladan, mikro GESlar) soni tobora ortib bormoqda.