Elektromobillar uchadi
Xitoyning XPeng elektromobil ishlab chiqaruvchisi yo‘lda harakatlana oladigan uchar avtomobil kontseptsiyasini taqdim etdi, kompaniya uni 2024-yildayoq chiqarishni rejalashtirmoqda.
XPeng har yili o'tkaziladigan 1024 Tech Day tadbirida o'zining eng so'nggi innovatsiyalarini namoyish etdi va noma'lum elektr uchish apparati tasvirlarini taqdim etdi.
Ikki o'rindiqli yo'lovchi uchish apparati (droni) soatiga 130 kilometr tezlikka erisha oladi va erdan 1 kilometr balandlikka ko'tariladi. Avtomobil elektr batareyasi bilan ishlaydi va 35 daqiqagacha havoda bo'lishga qodir.
Avtotransport vositasi atrof-muhitni idrok etish tizimi bilan jihozlangan bo'lib, u atrof-muhit va ob-havo sharoitlarini baholab, kerakli manzilga xavfsiz uchib, qo'nishi mumkinligiga ishonch hosil qiladi.