Boshqaruv raisi “Muhandislik qidiruvlari va laboratoriya tadqiqot markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi
24-noyabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov tizim tashkiloti sanalgan “Gidroproyekt” AJ qoshidagi “Muhandislik qidiruvlari va laboratoriya tadqiqot markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Taʼkidlash joizki, zamonaviy andozalarga mos, ilg‘or va so‘nggi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan Gidravlika laboratoriyasi faoliyati soha rivoji yo‘lida xizmat qilmoqda.
Gidravlika laboratoriyasi yangi texnologik yechimlarda jihozlangan bo‘lib, bunda amaliyotda qo‘llanuvchi barcha texnik xususiyatlar inobatga olingan.
“Gidroproyekt” AJ bazasi qoshida har tomonlama yangidan tashkil etilgan mazkur Gidravlika laboratoriyasi Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi va eng ilg‘or texnologik qurilmalar bilan jihozlangan.
Gidravlika laboratoriyasi bosimli inshootlarning faoliyatini tadqiq etish, byef inshootlari holati bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib boradi. Shuningdek, laboratoriyada gidroenergetika sohasiga ixtisoslashgan hamkor oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun ilmiy-amaliy mashg‘ulotlar, tajriba-sinov o‘quvlari o‘tkaziladi.
Shuningdek, beton laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu laboratoriya ham barcha zaruriy zamonaviy qurilmalar hamda uskunalar bilan jihozlangan. Ushbu laboratoriyaning muhim ahamiyati qurilish sohasining eng asosiy materiali hisoblangan beton mahsuloti va uning xususiyatlari hamda betonlashtirish ishlarining yuqori sifatini chuqur tahlil qilish va tajriba-sinov ishlari orqali yuqori chidamliligini tekshirishda namoyon bo‘ladi.
Alohida qayd etish joizki, Gidravlika laboratoriyasining yuqori ilmiy asosdagi tadqiqotlari Jamiyat faoliyatining kelgusi taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.