2028 YILGA - KELIB TOSHKENT VILOYATINING GIDROENERGETIKA SALOHIYATI 1700 MEGAVATTGA OSHADI
O'zbekistonning iqlim sharoiti qayta tiklanadigan energiya manbalaridan – quyosh, shamol va suvdan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. "O'zbekgidroenergo" AJ respublikaning gidroenergetika siyosatini amalga oshirish, mamlakat hududidagi barcha GESlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug'ullanuvchi yagona tashkilotdir.
Gidroenergetika tarmog'ini rivojlantirishning asosiy vazifasi suv oqimlarining gidroenergetika salohiyatini rivojlantirishdir. Shu bilan birga, O'zbekiston nafaqat GESlarni ekspluatatsiya qilish, balki loyihalash va qurilishdan tortib ob'ektni to'liq yetkazib berishgacha bo'lgan barcha bosqichlar bilan shug'ullanadi.
"O'zbekgidroenergo" AJ tashkilotlari tizimiga kiruvchi "Gidroproekt" AJ O'zbekiston Respublikasining gidrotexnika va gidroenergetika inshootlarini loyihalashtirish, ularning qurilishini qo'llab-quvvatlash
"O'zbekgidroenergo" AJ gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish bo'yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Ushbu vazifani amalga oshirish doirasida 2024-2028 yillarda Toshkent viloyatida: Mullalak, Yuqori Pskom, Qorong’itug'ay, Toldiqsoy va Oqbuloq GESlari, shuningdek, umumiy quvvati 1700 megavatt bo'lgan Oygain GES kaskadlari quriladi. Shuningdek, ushbu davrda Namangan viloyatida umumiy quvvati 224 megavatt bo'lgan Norin GES kaskadini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.