×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Huquqiy savodxonlikni oshirish: "Gidroproekt" AJda targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi

04.07.2023

"Gidroproekt" AJda o'tkazilgan tadbir O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qo'shimcha va o'zgartishlarni o'z ichiga olgan yangi qonun hujjatlarini tushuntirish va targ'ib qilishda muhim qadam bo'ldi. Ushbu tadbirning maqsadi tashkilot xodimlariga yangi o‘zgarishlar haqida har tomonlama tushuncha berish bo'ldi.

2023-yil 6-maydagi O'RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy qonun asosida Adliya vazirligi tomonidan keng targ'ib qilish va yangi qonun hujjatlarining mazmunini tushuntirish uchun mo'ljallangan annotarsiyaiar, slaydlar, infografikalarni o'z ichiga olgan targ'ibot materiallar to'plami ishlab chiqildi. Targ'ibot materiallari tayyorlangandan so'ng joylarda tizimli va manzilli targ'ibot tadbirlari tashkil etildi. Mazkur tadbirlarning asosiy vazifasi yangi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini barcha xodimlar, shuningdek, tashkilotning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarga puxta tushuntirishdan iborat bo‘ldi.

Maqsadli auditoriyaga maksimal darajada erishish uchun targ'ibot tadbirlarida OAV imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratildi. "Gidroproekt" AJ xodimlari yangi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida yanada aniqroq tushunchaga ega bo‘lib, ularning faoliyati samaradorligi va qonunchilik talablariga rioya etish darajasi oshdi.
 

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!