×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

O'zbekiston "yashil" energetikani rivojlantirishni jadallashtirmoqda: yangi maqsad va yechimlar

22.06.2023

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari Oʻzbekistonda “yashil” energetikaning bugungi holati va rivojlanish yoʻnalishlarini oʻrgandi.

Tahlil ma'lumotlariga ko'ra, o’tgan 2022-yilda Oʻzbekistonda quvvati 200 megavattga teng boʻlgan quyosh elektr stansiyalari yordamida 411 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu esa 124 million metr kub tabiiy gazni tejash, atmosferaga 164 ming tonna zararli gazlar chiqarilishining oldi olish imkonini beradi. Shu davrda quvvati 2072 megavattga teng boʻlgan gidroelektr stansiyalari vositasida 6,48 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Natijada 1,94 milliard metr kub tabiiy gaz tejaldi va atmosferaga 2,71 million tonna zararli gazlar chiqarilishining oldi olinishiga erishilgan.

Taraqqiyot strategiyasida “yashil” energiyani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan, xususan, 2026-yilga borib quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvatini 8000 megavattgacha, gidroelektr stansiyalari quvvatini 2 920 megavattgacha oshirish rejalashtirilgan.

Buning natijasida qayta tiklanadigan energiya ulushi 25 foizga yetadi, 3 milliard metr kub tabiiy gaz tejaladi va 1 million xonadon 1 yil davomida gaz bilan taʼminlanadi.

Yangi GESlarni ishga tushirish tufayli yiliga 5,8 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va 1,74 milliard metr kub tabiiy gaz tejaladi.
 

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!