×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

O‘zbekistonda yirik quvvatli shamol turbinasi o‘rnatildi

16.06.2023

Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida Goldwind (Xitoy) kompaniyasining birinchi turbinasi o‘rnatildi. 

Stansiyasining, uning quvvati 4,7MVt, balandligi 97 metr, parraklarining har biri esa 77 metrni tashkil qiladi. Ushbu yirik loyiha doirasida jami 111 ta shamol turbinasi o‘rnatilishi rejalashtirilgan.Shamol elektr stansiyasining quvvatlari 2023 yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik stansiya bo‘ladi.


Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kubometr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.


Eslatib o‘tamiz, mazkur yirik loyiha Prezidentimizning 2020-yil 22-dekabrdagi “Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida amalga oshirilmoqda.
 

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!