×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

“Yashil Energiya” MCHJ: kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish ishlari boshlandi

25.05.2023

Prezidentimiz huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash maqsadida “Yashil Energiya” MCHJ tomonidan respublika hududlari bo‘ylab ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish ishlari jadal sur’atlarda boshlandi.
 
Xususan, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi tibbiyot muassasasida 50 kVt, Oqqo‘rg‘on tumanidagi Prezident maktabida 20 kVt, Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridagi tibbiyot muassasasida 100 kVt, Andijon shahridagi 2 ta tibbiyot muassasasida 200 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatilmoqda. 
 
Shuningdek, respublika hududlari bo‘ylab bu kabi boshqa ijtimoiy soha obyektlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. 
 
Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qaroriga muvofiq “Yashil Energiya” MCHJ tashkil etilgan. 
 
Kompaniya davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy soha va davlat obyektlari ehtiyojlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatadi va ekspluatatsiya qilish ishlarini amalga oshiradi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!