×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Rog‘un GES qurilishiga 500 mln. doll. ajratiladi

22.05.2023

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) tomonidan qo‘shni Tojikiston Respublikasiga 500 mln. doll. ajratiladi.

Bu haqda, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

Mazkur mablag‘ Tojikistonda qurilayotgan Rog‘un GES loyihasiga sarflanadi.

Tomonlar o‘rtasidagi uchrashuvda transport, energetika, kommunal xo‘jaligi, kommunal va shaharsozlik sohalaridagi “yashil infrastruktura”ni rivojlantirishni moliyalashtirish borasidagi kelishuvlarga erishildi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!