Xotira va qadrlash kuni!
Bu muhim sana xalqimiz urushda halok bo‘lgan yuz minglab yurtdoshlarimiz xotirasini hurmat qilish, tinchlik-osoyishtalik yo‘lida bugungi kungacha Vatan tinchligi va obodligiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan faxriylarimizga cheksiz ehtirom ko‘rsatish va munosib hurmat bajo keltirishdek ezgu an’anadir.
Biz, birinchi navbatda, urushdan qaytmaganlarning xotirasiga hurmat bildiramiz, ularning ulug'vor ismlarini doimo eslaymiz va er yuzidagi tinchlik uchun ularning chinakam buyuk jasorati bilan faxrlanamiz.
Shuningdek, hurmatli faxriylarimizga ularning o'lmas jasorati va qahramonligi, barchamizga porloq kelajak sovg’a qilganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Qahramonlarimizga umir va musaffo osmon tuhfasi uchun ta’zim qilamiz. Ularga uyg'unlik, sog'liq, baxt, muvaffaqiyat, farovonlik tilab qolamiz.
Har bir xonadonga faqat osoyishta, faravon kunlar va xushxabarlar, quyoshli osmon va tinchlik tilaymiz. Yurtimizda doimo totuvlik va hamjihatlik hukm sursin, xalqimiz tinchligi abadiy bo'lsin!
Hurmat bilan, “Gidroproekt” AJ.