×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo energetiklari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

04.05.2023

Ayni kunlarda Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo energetiklari Muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 41-yig‘ilishi davom etmoqda.

Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston elektr energetika tashkilotlari rahbarlari hamda mutaxassislari, shuningdek, “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari va mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Ishchi tartibdagi yig‘ilishda 2022/2023 yil kuz-qish mavsumida amalga oshirilgan ishlar va mavsumda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, kun tartibida 2023-yil sug‘orish mavsumida suv resurslarini boshqarish, mintaqada energiya taqchilligi va yirik avariyalar sodir bo‘lishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar, hamkorlik masalalaridagi istiqbolli rejalari, shu bilan birga, 2023/2024 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari haqida ham so‘z yuritildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘ilishlarda mintaqaning boshqa mamlakatlari energetika sohasi mutaxassislari kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda.
 

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!