Tarixiy kun
Bundan bir asr oldin, 1923-yil 1-may kuni, mamlakatimizda ilk GES – “Bo‘zsuv” GESining qurilishi boshlangan kun.
O‘zbekistonda bunyod etilgan birinchi gidroelektr stansiya “Bo‘zsuv” GES-1 hisoblanadi. Mazkur GES Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan bo‘lib, “Toshkent GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibiga kiradi.
“Bo‘zsuv” GESning qurilishi xalq hashari asosida olib borilgan. GESning to‘g‘oni 94 sutka mobaynida, GES binosi va gidroinshootning asosiy qismi esa 9 oy davomida qurilgan.
Maʼlumot uchun, GESda jami 4 ta gidroagregatlar o‘rnatilgan bo‘lib, umumiy quvvati 4 MVtni tashkil etgan. 2022-yil amalga oshirilgan modernizatsiya ishlariga ko‘ra GESning quvvati 2 MVtga oshirilib, ishlab chiqarish quvvati 6 MVtga yetkazildi.