×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Energetika vaziri va Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

18.04.2023

Joriy yilning, 17-aprel kuni Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Xatori o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Yaponiya o‘rtasida energetika sohasidagi strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi natijalari ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun zarur mexanizmlarni yaratish imkonini bergani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tashrif chog‘ida erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish zarurligi taʼkidlandi.

Tomonlar yangi tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatlarini kafolatli elektr taʼminoti bilan taʼminlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini yangilashning zamonaviy va samarali texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish, isteʼmolchilarning elektr va issiqlik energiyasi taʼminotini yaxshilash yuzasidan bir nechta loyihalarni ko‘zdan kechirishdi. Jumladan: 

Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish (Navoiy-3) investitsiya loyihasi doirasida bosh pudratchi “Mitsubishi Corporation Mitsubishi Power Ltd.” Konsorsiumi o‘z takliflarini taqdim etganligi aytib o‘tildi.

Janob Takashi Xatori energetika sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilib, “Sumitomo”, “Isuzu”, “Mitsui” va boshqa yirik kompaniyalarning mamlakatimizda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni jadallashtirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. 

Uchrashuvda Energetika vaziri J.Mirzamahmudov O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanligini bildirdi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!