×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

O‘zbekistonda 3 ta yirik quyosh fotoelektr stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda

17.04.2023

O‘zbekistonda quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish va boshqarish loyihalarini amalga oshirish doirasida Birlashgan Arab Amirligininig “Masdar” kompaniyasi tomonidan xalqaro moliya institutlarining qariyb 396 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘lari jalb etiladi.

Respublikamizning Surxondaryo (Sherobod), Samarqand (Kattaqo‘rg‘on) va Jizzax (G‘allaorol) viloyatlarida 3 ta yirik quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va boshqarish uchun “Masdar” kompaniyasi YTTB bilan 127 mln AQSH dollari, OTB bilan 102 mln AQSH dollari va ularning hamkor banklari bilan 167 mln AQSH dollari miqdorida shartnomalar imzoladi.

Ushbu quyosh fotoelektr stansiyalar umumiy 897 MVt quvvatiga ega bo‘ladi va yiliga 2 mlrd kVt·soat elektr energiyasini ishlab chiqarish orqali mintaqadagi eng yirik quyosh energiyasi loyihasiga aylanadi.

Samarqand (Kattaqo‘rg‘on) va Jizzax (G‘allaorol) viloyatlaridagi loyihalarning dastlabki quvvatlari joriy yilning dekabr oyida ishga tushirilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun o‘tkazilgan tender natijalariga ko‘ra Birlashgan Arab Amirligininig “Masdar” kompaniyasi eng yaxshi takliflari bilan g‘olib deb topilgan.

Ma’lumot uchun, loyihalarni ishga tushirish natijasida yiliga 620 mln metr kub tabiiy gaz tejaladi hamda 600 mingdan ortiq xonadon “yashil” energiya bilan ta’minlanadi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!