×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Taxiatosh IESda 1 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda

17.04.2023

Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi ham o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini muqobil energiyadan qoplash choralarini ko‘rmoqda.

Ayni kunlarda stansiyada quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi bunyod etilmoqda.

Yirik loyiha asosida o‘rnatiladigan hududlarda konstruksiya ishlari tugatilib, quyosh panellarini o‘rnatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 1,8 mln kVt•soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!